Stollar boʻyicha buyurtma
Ofitsant stolni tanlab, taomlarni qoʻshadi. Boʻsh stollar yashil, toʻlov kutayotganlari summasi bilan qizil, yuborilmagan qoralamalar sariq rangda koʻrinadi. Ekran har 15 soniyada oʻzi yangilanadi.
RESTORAN VA KAFE UCHUN
Ofitsant stoldan turib buyurtma oladi, kassir bir bosishda chek beradi, siz esa kunlik tushum va harajatni real vaqtda koʻrasiz. Kompyuter, planshet va telefonda ishlaydi.
Buyurtmadan toʻlovgacha, kunlik hisobotdan xodimlar boshqaruvigacha — asosiy jarayonlar bitta dasturda.
Ofitsant stolni tanlab, taomlarni qoʻshadi. Boʻsh stollar yashil, toʻlov kutayotganlari summasi bilan qizil, yuborilmagan qoralamalar sariq rangda koʻrinadi. Ekran har 15 soniyada oʻzi yangilanadi.
Zaldagi va saboy (olib ketish) buyurtmalari alohida yoziladi va hisobotlarda alohida koʻrsatiladi.
Belgilangan ofitsant xizmat haqi foizi zal buyurtmalariga avtomatik qoʻshiladi. Saboy buyurtmalariga qoʻshilmaydi.
Chek brauzerdan 80 mm termal printerga chiqariladi, dasturning oʻzi uchun alohida printer dasturi kerak emas. Chekni qayta chiqarish ham mumkin.
Toʻlanmagan stollar bitta ekranda. Kassir toʻlovni qabul qiladi, chekni qayta chiqaradi, qaytarishni qayd etadi va buyurtmani «Toʻlandi» deb belgilaydi.
Bugungi savdo (jami, zal va saboy), istalgan davr boʻyicha hisobot, taom va ofitsant boʻyicha saralash hamda eng koʻp sotilgan taomlar.
Harajatlarni yozib boring. Bosh sahifada sof natija koʻrinadi: tushum minus harajat.
Administrator va ofitsant uchun alohida ruxsatlar. Ofitsant faqat buyurtma ekrani va yordamni koʻradi.
Kompyuter, planshet va telefonda brauzer orqali ishlaydi. Ilova oʻrnatish shart emas.
Asosiy jarayonlarni bitta interfeysda koʻring.
Ofitsantdan rahbargacha — har kim oʻz vazifasini bitta tizimda bajaradi.
Ofitsant stolni tanlaydi, menyudan taomlarni qoʻshadi va buyurtmani yuboradi.
Buyurtma kassa ekranida koʻrinadi. Kassir chek chiqaradi, toʻlovni qayd etadi va buyurtmani toʻlangan deb belgilaydi.
Rahbar tushum, harajatlar, sof natija, mashhur taomlar va ofitsantlar faoliyatini hisobotlar orqali kuzatadi.
Avval bepul sinab koʻring, keyin restoraningizga mos tarifni tanlang. Stollar, menyu va xodimlar soni boʻyicha cheklov yoʻq.
0 soʻm/15 kun
Dasturni 15 kun davomida bepul sinab koʻring.
300 000 soʻm/oy
+30 kun bonus
Obuna boʻlganingizda 30 kun bonus beriladi.
Kelishiladi
Ehtiyojlaringizga moslashtirilgan yechim.
Ha, lekin faqat dastur restoraningizning oʻz kompyuteriga oʻrnatilgan va qurilmalar shu kompyuterga mahalliy Wi-Fi tarmogʻi orqali ulangan boʻlsa. Bunda internet shart emas. Internet orqali ochiladigan onlayn variantda esa internet aloqasi kerak.
Ha. Dastur brauzerda ishlaydi, shuning uchun uni kompyuter, planshet va telefonda ochish mumkin. Ilova oʻrnatish shart emas.
Chek brauzerdan 80 mm termal printerga chiqariladi, chekni qayta chiqarish ham mumkin. Dasturning oʻzi uchun alohida printer dasturi talab qilinmaydi. Aniq printer modeli haqida Telegram orqali soʻrashingiz mumkin.
Yoʻq. Tarifda stollar, menyudagi taomlar va xodimlar soni cheklanmagan.
Har bir restoranning maʼlumotlari boshqa restoranlardan alohida ajratilgan.
«Demo olish» tugmasi orqali roʻyxatdan oʻting: dastur 30 kun bepul ishlaydi, karta maʼlumotlari kerak emas. Yordam kerak boʻlsa, Telegram orqali yozing.
Bepul sinovdan keyin dastur narxi oyiga 300 000 soʻm. Bu asosiy tarif boʻlib, barcha imkoniyatlarni oʻz ichiga oladi. Maxsus moslashtirish kerak boʻlsa, Enterprise tarifi narxi alohida kelishiladi. Toʻlov tartibi boʻyicha savollar uchun Telegram (@tillo_khamdamov_admin) orqali bogʻlaning.
Buyurtmalarni, toʻlovlarni va kunlik hisobotlarni bitta dasturda boshqarishni boshlang.